Lamin Yamal “Real”ni keskin tanqid qildi
“Barselona” hujumchisi Lamin Yamal va mashhur strimer Ibai Lyanos o‘rtasidagi “El-Klasiko” oldidan bo‘lib o‘tgan qiziqarli suhbat internetni portlatdi.
Suhbat davomida yosh futbolchi “Real” haqida shunday dedi:
— “‘Real" o‘g‘irlaydi, keyin esa shikoyat qiladi. Ular har doim shunday qilishadi.”
Shuningdek, Yamal so‘nggi to‘qnashuvni eslab qo‘shib qo‘ydi:
— “Oxirgi marta men "Bernabeu"da bo‘lganimda, gol urganman va biz 4:0 hisobida g‘alaba qozonganmiz.”
Bu gap futboldagi haqiqiy “o‘g‘irlik” haqida emas, balki Laminning fikricha, “Real” ba’zan hakamlar yordamida g‘alaba qozonadi, degan ma’noni anglatadi.
Shu paytda jurnalist Jerar Romero darhol “Tinchlan, tinchlan”, — deb uni to‘xtatdi, chunki bu kabi bayonotlar uchun ispaniyalik vinger liga yoki klub tomonidan jarimaga tortilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, madridliklar va kataloniyaliklar o‘rtasidagi to‘qnashuv 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.



Fikrlar