Lamin Yamal: "Qiyin lahzalarda xarakterim yordam beradi"

  • 1 dekabr, 11:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" vingeri Lamin Yamal qiyin davrlarni qanday engishini aytdi. 18 yoshli futbolchiga bosim va doimiy e’tiborga chidamli xarakter yordam beradi.

Tecno

"Ba’zan hayot sizga kutilmagan vaziyatlarni taqdim etadi va ularni munosib engish uchun qandaydir tayyorgarlik kerak bo‘ladi. Menga xarakterim yordam beradi: har doim ijobiy fikrlayman, hatto hamma narsa yomon tuyulganida ham. Biror kun ko‘ngilsiz holda uxlaganim bo‘lgani yo‘q. Har doim shunday fikrlar bilan uxlayman: "Ertaga yangi kun, men mashg‘ulotga boraman, o‘zimni ko‘rsataman va dam olish kunlarida yaxshi o‘yin namoyish etaman", - dedi "ko‘k-anorranglilar"ning yulduzi.

Lamine Yamal of FC Barcelona celebrates their team's first goal during the LaLiga EA Sports match between FC Barcelona and Deportivo Alaves at...

Ma’lumot o‘rnida, shanba kuni Lamin Yamal "Barselona"ga "Alaves"ni 3:1 hisobida mag‘lub etishda yordam berdi, bir gol urdi va bir assistni amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!