
Lamin Yamal: "Men Xavidan qarzdorman"
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lamin Yamal jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandes haqida gapirdi.
"Men Xavidan qarzdorman, chunki u meni asosiy jamoaga jalb qilgan. Uning sharofati bilan men "Barselona"da debyut qildim, keyin esa asosiy tarkibdagi o‘rnimni qo‘lga kiritdim. Xavi yosh futbolchilarga ishonch bag‘ishlaydi", - deya 16 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi "Diario Sport" nashri.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Lamin 28 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U keyingi mavsumda 10-raqamli libosda o‘ynaydi.
Fikrlar