
La Liganing uch klubi “Barsa”ni “nokaut” qilmoqchi
Ispaniyaning uch klubi La Liga prezidenti Xaver Tebasdan “Barselona”ga milliy chempionatning ikkinchi qismi uchun Daniel Olmoni qaydnomadan o‘tkazishga ruxsat bermaslikni talab qilmoqda.
Moliyaviy vaziyat tufayli Kataloniya klubi yozda transfer qilingan Daniel Olmoni ro‘yxatdan o‘tkazishda muammoga duch kelmoqda. Mavsum boshida jamoa futbolchilaridan Andreas Kristensen og‘ir jarohat olgani tufayli La Liga kataloniyaliklarga Olmoni vaqtinchalik qaydnomadan o‘tkazishiga ruxsat bergan.
26 yogli futbolchining shartnomasida agar “Barselona” uni qaydnomadan o‘tkaza olmasa, bepul qo‘yib yuborishi haqida band bor.
Shu bois, “Atletiko”, “Atletik” va “Sevilya” La Liga rahbari Xaver Tebasdan kataloniyaliklarning Olmoni qaydnomadan o‘tkazishiga ruxsat bermaslikni so‘rayapti.
Olmo joriy mavsumning birinchi qismida 15 ta uchrashuvda ishtirok etib, oltita gol va bitta assist qayd etdi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha tuzilgan.
Fikrlar