La Liganing ikki grand klubi “Liverpul” futbolchisi uchun kurashmoqda
“Liverpul” a’zosi Rayan Gravenberxni Ispaniya La Ligasining ikki grand klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"Fichajes" nashri xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchiga “Barselona” jiddiy qiziqish bildirgan. Kataloniya klubi gollandiyalik yarim himoyachini qo‘lga kiritish uchun bir nechta futbolchilarini sotib, tushgan mablag‘ evaziga Gravenberxni xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq uning xizmatlaridan “Real Madrid” ham foydalanmoqchi ekanligi haqida xabarlar chiqqan edi.
Hozirda Transfermarkt portalida Rayanning bahosi 90 million evro etib belgilangan. Joriy mavsumda u 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.



Fikrlar