La Liganing eng qimmat futbolchilari aniqlandi

  • 26 mart, 2023, 14:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nufuzli "Transfermarkt" portali o‘yinchilarning narxini yangilash va yangi reytinglarni belgilashda davom etmoqda. Mazkur statistik portal Ispaniya La Ligasi va uning eng qimmat futbolchilarini aniqladi.

Tecno

Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni "Real" vingeri Vinisius Junior egalladi. Braziliyalik futbolchi 120 million evroga baholandi. Ikkinchi o‘rinda "Barselona"ning 20 yoshli yarim himoyachisi Pedri bo‘lib, u roppa-rosa 100 million evroga loyiq ko‘rildi.

Uchinchi o‘rin Federiko Valverdega nasib etdi. Urugvaylik futbolchiga ham 100 million evro narx belgilandi.

To‘rtinchi o‘rindan "ko‘k-anorranglilar"ning yana bir yosh iste’dodi – Gavi joy oldi. 18 yoshli futbolchining narxi 90 millionga baholandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!