La Liganing “beton” darvozabonlari bittaga ko‘paydi

  • 28 sentabr, 2024, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” darvozaboni Yan Oblak La Liga doirasida “Selta”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Tecno

Statistika ekspertlarining hisob-kitobiga ko‘ra, tajribali darvozabon bu bahsdan keyin Ispaniya chempionatida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan golkiperlar reytingida beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

31 yoshli sloveniyalik posbon milliy chempionatda 164 ta bahsda gol o‘tkazmagan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u  Santyago Kanisares bilan tenglashib oldi.

Bu ikki darvozabondan futbolchidan yuqorida Viktor Valdes (173 ta “quruq” o‘yin), Iker Kasilyas (177 ta “quruq” o‘yin) bormoqda.

Ispaniya chempionatlar tarixida “quruq” o‘yinlar borasida rekord Andoni Subisarretaga tegishli bo‘lib, u 233 ta uchrashuvda gol o‘tkazmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!