La-Liganing 6 karra chempioni "cho‘kish"da davom etmoqda

  • 22 oktabr, 2024, 09:19
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Katta va ulkan tarixga ega "Valensiya" klubining ayni damdagi ishlri joyida emas. Gap shundaki, jamoa La-Liga turnir jadvalida so‘nggi o‘ringa tushib ketdi.

Kecha 10-tur doirasidagi uy uchrashuvida Ruben Baraja boshchiligidagi jamoa "Las-Palmas"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. "Ko‘rshapalaklar" joriy mavsumda faqat bittagina g‘alabaga erishgan holda turnir jadvalida so‘nggi, 20-o‘rinni egallab turibdi.

Jamoa bor-yo‘g‘i 6 ochko to‘play oldi va oxirgi 67 yildagi eng yomon natijasini ko‘rsatdi. Ya’ni klub so‘ngi marotaba 1957/58 yilgi mavsumda ana shunday yomon start olib, 5 ochko to‘plagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!