
La Ligada yilning eng yaxshi murabbiyi kim bo‘ldi?
"Jirona" klubi bosh murabbiyi Mishel Sanches La Ligada mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
48 yoshli mutaxassis bu sovrinni 2023/24 yilgi mavsum yakunida qabul qilib oldi.
Uning qo‘l ostida jamoa Ispaniya chempionatida 3-o‘rinni egalladi va ilk bor Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi.
Karlo Anchelotti ("Real"), Ernesto Valverde ("Atletik"), Diego Simeone ("Atletiko") va Marselino Garsiya Toral ("Vilyarreal") kabi murabbiylar ham sovringa da’vogarlik qildi.
Fikrlar