La Ligada to‘purarlik uchun kurashayotgan va "Chelsi" qiziqish bildirayotgan ukrainalik Xoland

  • 1 yanvar, 2024, 23:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

La Liganing 16-turida "Barselona" o‘z maydonida "Jirona"ni qabul qiladi va 2:4 hisobida mag‘lubiyatga uchraydi. O‘yinning 12-daqiqasida mehmonlarning ajoyib kombinatsiyasini golga aylantirgan Artyom Dovbik ayni paytda chempionatda 11 ta gol bilan to‘purarlar bahsida 3-o‘rinda turibdi. Shuningdek, u jamoasining umumiy gollarini uchdan bir qismida ishtirok etishga ham muvaffaq bo‘ldi. Mazkur ajoyib natijalardan keyin ukrainalik hujumchini o‘z safida ko‘rishni istayotgan top klublar ham yo‘q emas. Eng qizig‘i, Dovbik faoliyatining boshida ketma-ket muvaffaqiyatsizliklarga uchragan. 

Qahramonimiz 2014 yil Ukraina ikkinchi divizion klubi "Cherkasskiy Dnepr" bilan shartnoma imzolab, futbolchilik faoliyatini boshlagan. U erdagi ajoyib mavsumdan so‘ng u kattaroq jamoa "Dnepr" safiga ko‘chib o‘tadi. Ammo 2016 yilga kelibgina asosiy jamoa safida milliy chempionatda o‘z debyutini amalga oshirdi. O‘sha paytdagi jamoa bosh murabbiy Miron Markevich ko‘pincha tajribali hujumchilarni maydonga tushirardi. Keyinchalik "Dnepr" vaqtida maoshlarni to‘lamagani uchun ochkolari olib qo‘yilib, ikkinchi divizionga tushirib yuborildi. Shundan so‘ng tarkibdagi asosiy futbolchilar o‘ziga boshqa klub topib ketadi va Dovbik uchun bu katta imkoniyatga aylandi. U ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib oldi va hujumchi 2017 yilda dneprliklar safini to‘purarga aylangan holda tark etdi. Aytgancha, "Dnepr" 2019 yilda o‘z faoliyatini to‘xtatgan. 

Artem Dovbik: «So storony «Dinamo» interes byl, no «Dnepr» okazalsya bolee  nastoychivym» (1 aprelya 2017 g.) — Dinamo Kiev ot Shurika

Hujumchi "Daniya"ning "Mityulland" klubiga borib qo‘shiladi va u erda yana zaxira o‘yinchisiga aylanib qoladi. Dastlabki yarim mavsumda 10 ta o‘yinda ishtirok etgan futbolchi bir bora gol urishga ulgurdi. Shundan keyin jamoa uni "Syonneryyusk" ga ijaraga berishga qaror qiladi. O‘yin amaliyoti uchun kelgan Dovbikni murabbiy 11 ta uchrashuvda maydonga tushiradi. 2018 yildan 2020 yilgacha Artyom faoliyatidagi eng yomon kunlarni o‘tkazib, Ukrainaga qaytishga majbur bo‘ladi. 

2020 yilda "Dnepr-1" klubiga ko‘chib o‘tadi va bu safar tarkibning birinchi raqamli straykeriga aylanadi. 3 yil davomida Dovbik 71 ta o‘yinda qatnashib, 44 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, bir marta chempionatning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Mana shunday ajoyib davrdan keyin Artyom uchun Top-5 chempionatlardan qiziqish paydo bo‘ldi. 

El Girona desea firmar a Artem Dovbyk

2023 yilning yozida "Jirona" 7 million evroga Dovbikni sotib olib, o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi. Mavsum boshidagi ketma-ket 4 ta uchrashuvda Kristian Stuani asosiy tarkibda maydonga tushdi, lekin bosh murabbiy Mishel yoshlarga imkon berishni biladiganlardan. Dovbik kataloniyaliklar safidagi debyut uchrashuvidayoq ilk golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Zaxiradan tushib, o‘yinni kuchaytira olayotganini sezgan mutaxassis uni sekin-sekin boshlang‘ich tarkibga qo‘shdi va jamoaning "Real" va "Barsa" kabi klublarga qarshi uchrashuvlarini asosiy tarkibda boshladi. 

Inter targeting Girona striker Artem Dovbyk

Ayni paytda 26 yoshli hujumchini o‘z tarkibida ko‘rishni istayotgan top jamoalar yo‘q emas. "The Sun" va "Mirror" nashrlarning xabar berishicha, u "Chelsi" short-listidan joy olgan. Ammo hali tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlangani yo‘q va hech narsa aniq emas. Shunisi aniqki, Dovbik qishda "Jirona"dan ketmasa ham, yozgi transferlar oynasida ancha muncha bozorni "qizdirib" berishi mumkin. Har holda hozir hujumchi izlayotgan klublar ko‘payib bormoqda. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!