La Ligada Benzemadan jabr ko‘rgan jamoalar soni 34 taga etdi
Madridning "Real" klubi forvardi Karim Benzema kecha La Liganing 29-turi doirasida "Ueski"ga qarshi bahsda gol urdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli frantsiyalik futbolchi Ispaniya chempionatidagi 10 yillik faoliyati davomida o‘zi to‘qnash kelgan barcha jamoa darvozasiga kamida 1 marta bo‘lsa ham yo‘l topa olgan. Ta’kidlash kerakki, “Ueska” Benzemadan jabr ko‘rgan chempionatdagi 34-jamoa bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2009 yildan buyon “qirollik klubi”da o‘ynab kelayotgan Benzema shu kungacha La Ligada jami 141ta gol urishga erishgan.



Fikrlar