
La Ligada "Barselona" futbolchisi fevral oyining eng yaxshisi bo‘ldi
"Barselona" futbolchisi Robert Levandovski La Ligada fevral oyining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
Polshalik futbolchi bu oyda 5 uchrashuv o‘tkazib, 4 marotaba raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, "Selta"ga qarshi uchrashuvdagi dubli jamoasiga 3 ochko keltirdi.
Ayni damda Robert 12 ta gol bilan La Liga to‘purarlar jadvalida 6-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar