La Ligada 200 tadan ko‘p gol urganlar ro‘yxati
Ispaniya chempionatining 11-turida Madridning “Atletiko” klubi o‘z maydonida “Sevilya” futbolchilarini qabul qilib, raqib ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Poytaxtliklarga navbatdagi uch ochkoni keltirgan gollarga Xulian Alvares, Tyago Almada va Antuan Grizmann mualliflik qildi.
Bu gal Antuan Grizman uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. Frantsiyalik futbolchi La Ligada urgan gollari sonini 200 taga etkazib oldi.
Grizmann — bu ko‘rsatkichga erishgan 11-futbolchi bo‘ldi. Hujumchining navbatdagi maqsadi “top-10”dagi to‘purarlar ro‘yxatiga kirish. Bunday natijaga erishish uchun u yana 12 gol urishi lozim. Hozir to‘purarlar reytingining o‘yinchi pog‘onasida o‘z davrida “Selta”, “Real” va “Deportivo”da to‘p tepgan sobiq hujumchi Paino (212 gol) joylashgan.
La Ligada eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchilar o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. Messi — 474
2. Ronaldu — 311
3. Sarra — 251
4. Benzema — 248
5. Ugo Sanches — 234
6. Raul — 228
7. Di Stefano — 227
8. Sesar — 221
9. Kini — 219
10. Paino — 212



Fikrlar