
La Liga. Valverdening so‘nggi daqiqalardagi super goli "Real"ga muhim 3 ochkoni taqdim etdi
Ispaniya La Ligasining 32-turidan o‘rin olgan uchrashuv yakunlandi.
Ushbu turda Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real Madrid" "Atletik Bilbao" bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golni 90+3 daqiqada urugvaylik yarim himoyachi hisoblangan Federiko Valverde o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
"Qirollik klubi" mazkur g‘alaba orqali "Barselona" bilan oradagi farqni 4 tagacha qisqartirdi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum

Real Madrid
- Federico Valverde 90'
Tugadi
1
:
0
21.04.2025 00:00

Fikrlar