La Liga. Salkam 100-daqiqada urilgan gol "Atletiko"ga muhim 3 ochkoni taqdim etdi

  • 17 aprel, 2022, 21:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 32-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Espanol" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Dastlabki gol "matraschilar" vakili Karrasko hisobiga yozildi. Hisobni tenglashtiruvchi golga De Tomas mualliflik qildi. 90+9-daqiqa o‘tib borayotgan bir pallada xakam kataloniyaliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Bu penaltini yana o‘sha Karrasko aniq amalga oshirib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. 

Shu tariqa, "Atletiko"ning ochkolari soni 60 taga etdi. Jamoa ayni payt 4-pog‘onada bormoqda.

"Espanol" hisobida 39 ochko mavjud bo‘lib, klub 11-o‘rinni band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!