La Liga. "Real" safarda ochko yo‘qotdi!

  • 24 noyabr, 02:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasining 12-turida Xabi Alonso boshqaruvidagi "Real Madrid" safarda "Elche" bilan to‘qnash kelib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Tecno

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Lekin ikkinchi bo‘limda muxlislar 4 ta gol guvohi bo‘ldi. To‘qnashuvning 53-daqiqasida Aleish Febas Kurtua darvozasini ishg‘ol qildi. 78-daqiqada esa Din Xausen Bellingemning pasini golga aylantirdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, "Elche" futbolchisi Alvaro Rodriges yana jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan edi, biroq Mbappening uzatmasidan so‘ng 87-daqiqada Jud hisobni tenglashtirdi hamda jamoasini mag‘lubiyatdan qutilib qolishini ta’minladi.

  • Ispaniya - La Liga
  • Joriy Mavsum

Elche

  • Aleix Febas 53'
  • Álvaro Rodríguez 84'
Tugadi
2 : 2

24.11.2025 01:00

Real Madrid

  • Dean Huijsen 78'
  • Jude Bellingham  87'

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!