La Liga. "Real Madrid" qiyinchiliksiz g‘alaba qozonib, "Barsa" bilan farqni 1 tagacha qisqartirdi

  • 4 dekabr, 00:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasining 19-turida Xabi Alonso boshchiligidagi "Real Madrid" safarda "Atletik Bilbao" bilan kuch sinashib, 3:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. 
 
Dastlab, to‘qnashuvning 7-daqiqasida Mbappe o‘zining texnikasini namoyish etgan holda, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 42-daqiqada esa Kilianning boshi bilan uzatgan to‘pini Kamavinga golga aylantirdi. Ikkinchi 59-daqiqasida esa frantsiyalik forvard dublni rasmiylashtirib, o‘yinga nuqta qo‘ydi va jamoasining yirik g‘alabasini ta’minladi.

Tecno

Ma’lumot o‘rnida, "qirollik klubi" ushbu bahsdan so‘ng ochkolar sonini 36 taga etkazdi va "Barselona" bilan farqni 1 tagacha qisqartirdi.

  • Ispaniya - La Liga
  • Joriy Mavsum

Atletik Bilbao

Tugadi
0 : 3

03.12.2025 23:00

Real Madrid

  • Kylian Mbappé  7'
  • Eduardo Camavinga  42'
  • Kylian Mbappé  59'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!