La Liga. Real" ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritib, peshqadamga aylanib oldi

  • 11 sentabr, 2022, 18:56
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 5-turidan o‘rin olgan "Real" - "Malorka" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda maydon egalari 4:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Dastlab, 35-daqiqada Muriki mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Taym tugashiga yaqin Valverde o‘yinda muvozanatni tikladi. 72-daqiqada Vinisius "qirollik klubi"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Asosiy vaqt yakunlanishi arafasida Rodrigo ham nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 90+3 daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Ryudiger o‘yinga nuqta qo‘ydi. 

Ochkolari sonini 15 taga etkazib olgan Anchelotti shogirdlari Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!