La Liga. "Real" 2 daqiqa ichida kambek amalga oshirib, g‘alaba qozondi
Ispaniya La Ligasining 3-turida Xabi Alonso boshchiligidagi "Real Madrid" "Malorka" bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Dastlab to‘qnashuvning 18-daqiqasida Vedat Muriki hisobni ochdi. 37 va 38-daqiqalarda Arda Gyuler va Vinisius Junior gollar urib, jamoasini oldinga olib chiqdi va g‘alaba qozonishini ta’minladi.
Kilian Mbappe uchrashuv davomida 2 ta gol urgan edi. Lekin ikkisi ham ofsayd sabab bekor qilindi. Bundan tashqari, turkiyalik iste’dod ham dublni rasmiylashtirdi, ammo bosh hakam VAR'ni tekshirganidan so‘ng to‘p qo‘lga tekkanini aniqladi.
Ma’lumot o‘rnida, "qirollik klubi" navbatdagi uchrashuvini 13 sentyabr kuni "Real Sosedad"ga qarshi o‘tkazadi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Real Madrid
- Vinicius Junior 38'
- Arda Güler 37'
Tugadi
2
:
1
31.08.2025 00:30
Mallyorka
- Vedat Muriqi 18'



Fikrlar