La Liga. Markaziy o‘yinda Madrid klubi alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi

  • 19 dekabr, 2021, 03:03
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

La Liga 18-turidan o‘rin olgan "Sevilya" - "Atletiko" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Ushbu qarama-qarshilikda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Dastlab, Rakitich 7-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 33-daqiqada Felipe muvozanatni tikladi. O‘yin so‘nggiga yaqin Okampos jamaosi foydasiga g‘alaba golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ushbu natijadan so‘ng Lopotegi shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 37 taga etdi va ular ikkinchi pog‘onaga mahkam o‘rnashib oldi. 29 ochkosi bor "matraschilar" ayni vaqtda 5-o‘rinni band etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!