La Liga. Levandovskining dubli "Barselona"ga yirik g‘alaba taqdim etdi

  • 29 avgust, 2022, 00:28
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ispaniya La Ligasi 3-turi doirasidagi "Barselona" - "Valyadolid" bahsi yakuniga etdi. Qiziqarli va gollarga boy o‘tgan uchrashuvda maydon egalari yirik hisobda g‘alaba qozondi - 4:0. 

Kataloniyaliklarning polshalik hujumchisi Robert Levandovski dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, Pedri va Serxi Roberto bir martadan o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 

Shu tariqa, Xavi shogirdlari 3-turdan keyin 7 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda, "Valyadolid" esa 1 ochko bilan autsayderlar qatoridan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!