
La Liga klubi yangi mavsumda evrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashmoqchi
"Betis" klubi rasmiy matbuot xizmati Antonio Kordon klub sport direktori lavozimiga tayinlangani haqida xabar bermoqda.
56 yoshli mutaxassis ikki hafta oldin "Betis" bosh murabbiylik postiga kelgan Manuel Pellegrini bilan birga ishlaydigan bo‘ldi.
Ikkala mutaxassis "Vilyarreal"dagi faoliyati bilan mashhur bo‘lgan edi. "Sariq suv osti kemasi" Pellegrini va Kordon qo‘li ostida chempionlik unvoni uchun kurashgan va EChL yarim finaligacha etib borgan edi. Keyinroq Kordon "Monako"da va Ekvador futbol federatsiyasida faoliyat yuritdi.
Fikrlar