La Liga. "Jirona" "Real Sosedad"ni mag‘lub etib, xavfli hududdan chiqib oldi

  • 13 dekabr, 03:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasining 16-turidan o‘rin olgan ilk bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. 
 
"Real Sosedad" o‘z maydonida Kataloniyaning "Jirona" klubini qabul qilib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. 
 
Uchrashuvning 35-daqiqasida portugaliyalik hujumchi Gonsalu Gedesh hisobni ochdi. 76 hamda 84-daqiqalarda esa Viktor Vitalevich Tsigankov gollar urib, dublni rasmiylashtirgan holda, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "Real Sosedad" onlayn turnir jadvalida 16 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda. "Jirona" esa ochkolar sonini 15 taga etkazib olib 17-o‘ringa ko‘tarildi.

Tecno

  • Ispaniya - La Liga
  • Joriy Mavsum

Real Sociedad

  • Gonçalo Guedes 35'
Tugadi
1 : 2

13.12.2025 01:00

Jirona

  • Viktor Tsygankov 76'
  • Viktor Tsygankov 84'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!