La Liga. Ikkita qizil kartochka ko‘rsatilgan o‘yinda "Real" "Xetafe"ni mag‘lub qildi
La Liganing 9-turidan o‘rin olgan "Xetafe" - "Real" uchrashuvida madridliklar g‘alaba qozonishdi.
O‘yindagi yagona golni 80-daqiqada Mbappe urishga muvaffaq bo‘ldi. Kilian Gyulerning pasidan so‘ng darvozani ishg‘ol qildi. Shuningdek, mezbonlarning ikkita futbolchisiga qizil kartochka ko‘rsatildi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Real" turnir jadvalida yana peshqadamga aylanib oldi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Xetafe
Tugadi
0
:
1
20.10.2025 00:00
Real Madrid
- Kylian Mbappé 80'



Fikrlar