La Liga hakamlari "Real"ga nisbatan ataylab xato qilyaptimi?

  • 3 aprel, 2023, 14:21
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid Ispaniya chempionatida VAR tizimining ishidan norozi.

Tecno

"Marca" nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" rahbariyati jamoaning o‘yinlaridagi hakamlarning xatolari tasodifiy emas, deb hisoblamoqda. "Qaymoqranglilar"ning fikricha, hakamlar K ataloniyaning "Barselona" klubi manfaati uchun ataylab jamoaga zarar etkazmoqda.

"Real" rahbarlari tizimni o‘zgartirish talabi bilan mamlakat futbol federatsiyasiga murojaat qilmoqchi. O‘zgarishlar kiritilmaguncha, Madrid ijtimoiy tarmoqlari va klub televideniesi orqali hakamlarga bosim o‘tkazishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, La Liganing so‘nggi o‘yinida Karlo Anchelotti shogirdlari "Valyadolid"ni 6:0 hisobida mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!