
La Liga. Felishning yagona goli "Barselona"ga 3 ochko taqdim etdi
La Liganing 15-turida "Barselona" o‘z maydonida "Atletiko"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindagi yagona golni Felish urdi. Vinger 28-daqiqiqada Rafinyaning pasini qabul qilib oldi va Oblak darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, "Barsa" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 3-o‘ringa qaytdi. "Atletiko" esa 4-pog‘onaga tushib ketdi.
Fikrlar