La Liga. "Barselona" va "Real Madrid" o‘rtasidagi ochkolar farqi qanchaga etdi?
La Liganing joriy mavsumida chempionlik uchun kurash keskin tus olgan. Asosiy favoritlardan biri hisoblangan "Real Madrid" 15-tur doirasida "Selta"ga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lib, peshqadam "Barselona"dan 4 ochkoga ortda qolmoqda.
Ushbu turda kataloniyaliklar "Betis" bilan bahs olib bordi va yakunda 5:3 hisobida g‘alaba qozondi. "Ko‘k-anorranglilar" hozirda 40 ochko jamg‘argan. Ularning eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan qirollik klubida esa 36 ochko mavjud. Shuningdek, 3-o‘rinda borayotgan "Vilyarreal" hisobida 35 ochko bor va ular bitta zaxira o‘yiniga ham ega.
Quyida turnir jadvalidagi holat bilan tanishib chiqishingiz mumkin (Top-10).




Fikrlar