La Liga. "Barselona" kichik kambek amalga oshirib, g‘alaba qozondi
La Liganing 13-turidan o‘rin olgan "Barselona" — "Alaves" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Mazkur bahsda kataloniyaliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, o‘yinning 1-daqiqasidayoq mehmonlar futbolchisi Ibanez hisobni ochdi. Ammo "ko‘k-anorranglilar bu golga tezkorlik bilan javob qaytardi. 8-daqiqada Rafinyaning uzatmasidan keyin Lamin Yamal darvozani ishg‘ol qildi. 26-daqiqada esa Dani Olmo gol urib, jamoasi hisobda oldinga olib chiqdi. Hakam tomonidan asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Olmo yana o‘z hisobiga gol yozdirib, so‘nggi nuqtani qo‘ydi.
Shu tariqa, Hansi Flik shogirdlarining jamgargan ochkolari soni 34 ta etdi va ular turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi.



Fikrlar