La Liga. "Barselona" kambek amalga oshirib, "Atletiko"ni mag‘lub etdi
Ispaniya La Ligasining 15-turida Xans-Diter Flik boshchiligidagi "Barselona" "Kamp Nou" stadionida "Atletiko Madrid"ni qabul qilib, 3:1 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
Dastlab, to‘qnashuvning 19-daqiqasida Aleks Baena Garsiya darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan 7 daqiqa o‘tib esa yaqindagina safga qaytgan Rafinya Pedrining uzatmasidan so‘ng oradagi farqni yo‘qqa chiqazdi. Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqada Olmo kataloniyaliklarni oldinga olib chiqdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida esa Ferran Torres jamoasining uchinchi goliga mualliflik qilib, bellashuvga nuqta qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, "ko‘k-anorranglilar" ochkolar sonini 37 taga etkazib olib, "Real" bilan farqni 4 tagacha oshirdi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Barselona
- Ferran Torres 90'
- Raphinha 26'
- Dani Olmo 65'
Tugadi
3
:
1
03.12.2025 01:00
Atletiko Madrid
- Álex Baena 19'



Fikrlar