
La Liga. "Atletiko" "Sevilya"ni "yanchib tashladi"
La Liganing 24-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Sevilya" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. "Matraschilar" noadatiy hisobda g‘alaba qozondi.
Dastlab, Depay dubl qilib, oradagi farqni ikkitaga etkazdi. Jamoaning keyingi gollariga Grizmann va Karrasko mualifflik qildi. Zaxiradan maydonga tushgan Morata ham dubl qilishga muvaffaq bo‘ldi. Mehmonlardan esa En-Neseri javob golini urdi. Hisob - 6:1.
Shu tariqa, "Atletiko" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 3-o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar