La Liga. "Atletiko" "sariq suv osti kemasi" tomonidan "cho‘ktirildi"
La Liga 2-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal" - "Atletiko" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 73-daqiqada Pino hisobni ochdi. Bellashuvning 90+8-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda Moreno farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Shu tariqa, "sariq suv osti kemasi" ochkolari sonini 6 taga etkazib olgan holda, La Liga peshqadamiga aylanib oldi.
Quyida ushbu uchrashuv videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:



Fikrlar