
La Liga. "Atletiko" Bilbaoda sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchradi
La Liganing 17-turi doirasida "Atletiko" "Atletik" mehmoni bo‘ldi. Unda kutilmaganda madridliklar 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
O‘yinda Guruzeta hisobni ochgan bo‘lsa, Uilyams ikkinchi yakuniy gol muallifi bo‘ldi. Mazkur ikki gol bilbaoliklar g‘alabasi uchun etarli bo‘ldi.
Shu tariqa, "Atletik" turnir jadvalida 32 ochko bilan 5-o‘rinni band etib turibdi. 34 ochkosi bor "Atletiko" esa 3-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar