La Liga. 9-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan tanishing

  • 21 oktabr, 13:49
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasining 9-tur uchrashuvlari yakunlandi. Mazkur turda qayd etilgan e’tiborga molik natijalar va qiziqarli statistikalar bilan tanishing.

Tecno

"Atletiko" — "Osasuna" 2:1

Tiago Almada o‘zining debyut golini urib, "Atletiko Madrid"ga muhim uch ochko keltirdi. Ushbu o‘yin Diego Simeone uchun klub bosh murabbiyi sifatida 750-o‘yin bo‘ldi.

Simeone boshqaruvidagi natijalar quyidagicha:
443 g‘alaba (59 foiz), 166 durang (22 foiz), 141 maglubiyat (19 foiz).

Antuan Grizmann Karlos Agilera bilan o‘yinlar soni bo‘yicha (456) tenglashib, klub tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar orasida ettinchi o‘ringa chiqdi. "Osasuna" oxirigacha kurash olib bordi, biroq "matraschilar"ning tajribasi va o‘z stadionida harakat qilishi g‘alabani ta’minladi.

"Barselona" — "Jirona" 2:1

"Barselona" g‘alabani o‘yinning so‘ngi soniyalarida tortib oldi. Hal qiluvchi golni urugvaylik Ronald Arauxo kiritdi. Qiziq jihati shundaki, u 17 yoshgacha hujumchi sifatida o‘ynagan.Xansi Flik jamoasi ushbu natijadan so‘ng 71 o‘yinda 200 ta gol urgan bo‘ldi. Biroq nemis mutaxassis bu safar ikkita ogohlantirish olgan va "El-Klasiko"ni o‘tkazib yuboradi. Aksel Vitselning "qaychi" uslubida berilgan zarbasi esa hafta davomida eng chiroyli gollardan biri sifatida esda qoldi. "Barselona" xG ko‘rsatkichi bo‘yicha ham ustunlik qildi (1.61 — 1.51).

"Real Madrid" — "Xetafe" 1:0

"Real Madrid" og‘ir o‘yinda minimal hisobda g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ba’zi hakam tomonidan qabul qilingan qarorlar bhsli bo‘lgan bo‘lsa-da, "Qirollik klubi" 3 ochkoga ega chiqdi. Kilian Mbappe o‘zining gollar seriyasini davom ettirmoqda. Hujumchi ketma-ket 11-o‘yinda to‘p kiritgan holda, "Real" tarixida Krishtianu Ronaldudan keyin La Liganing 9 o‘yinda 10 tadan ortiq gol urgan ilk futbolchi bo‘ldi. Endi madridliklarni "Yuventus" va "Barselona"ga qarshi qiyin o‘yin kutmoqda.

Quyida 9-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvali holati bilan batafsil tanishing.



 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!