
La Liga. Levandovski zaxiradan maydonga tushib, "Barsa"ga yirik g‘alaba olib berdi
La Liga 5-turidan o‘rin olgan "Kadis" - "Barselona" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda "ko‘k-anorranglilar" 4:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 55-daqiqada Frenki De Yong uchrashuvda hisobni ochdi. 65-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Levandovski farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 86-daqiqada Fati, 90-daqiqada esa Dembele gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. So‘nggi ikkita golga polshalik goleador assist vazifasini bajardi.
Ochkolari sonini 13 taga etkazib olgan Kataloniya klubi La Liga turnir jadvali peshqadamiga aylanib oldi. Birorta ochko to‘play olmagan "Kadis" so‘nggi pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar