
"LA Gelaksi"ga o‘tgan Chicharito nima sabab mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti?
"Los-Andjeles Gelaksi" forvardi Xaver Ernandes jamoa bilan birga mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti. Bu haqida ESPN nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, qishda "Sevilya"ni tark etib okean ortiga yo‘l olgan edi, ammo futbolchi mamlakatda ishlash huquqini olish jarayoni cho‘zilib ketgani sabab u jamoa mashg‘luotlarida ishtirok etmayapti.
"Biz vizani kutyapmiz. Ammo yakka tartibda shug‘ullanishni boshladi, chunki jarayonga xurmat bilan qarashim kerak. Yaqin vaqtlar ichida viza olishga umid qilaman", - deydi 31 yoshli forvard.
Fikrlar