
La gazzetta dello sport Eldor Shomurodovga oid yaxshi ma’lumot chop etdi (Foto)
Italiyada 8-tur bahslari start oldi. Bellashuvlar 18 oktyabr kuniga qadar davom etadi.
Bugun hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qiladigan "Roma" safarda "Yuventus" bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.
Ushbu bellashuv uchun la gazzetta dello sport nashri jamoalarning taxminiy tarkibini ma’lum qildi. Unga ko‘ra hujumchimiz o‘yinni dastlabki daqqiqalardan boshlaydi.
Shuni aytish kerakki, rimliklarning asosiy hujumchisi Temmi Abraxam jarohat olgan. Shu bois mazkur bahsda Shomurodovning maydonga tushishi haqiqatga yaqin.
Fikrlar