
La Gazzetta dello Sport: Bugun "Roma" safiga yulduz futbolchi kelib qo‘shiladi
Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Nemanya Matich bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Rimga keladi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, serbiyalik yulduz shu kunning o‘zida "Roma" bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Biroq, insaydker Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Matich “Roma” safida tibbiy ko‘rikdan iyul oyida o‘tadi. Ammo shunday bo‘lsada, futbolchi bilan shartnoma masalasida to‘liq kelishuvga erishilgan va u yaqin kunlarda imzolanadi.
Eslatib o‘tamiz, Nemanya Matichning “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi yakuniga etgan va u ayni damda erkin agent hisoblanadi. Shu bois “Roma” uni o‘z safiga tekinga qo‘shib olish imkoniyatiga ega.
Fikrlar