KXDR bosh murabbiyi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi? (Matbuot anjumani)

  • 18 noyabr, 2024, 18:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Jahon chempionati saralashi doirasida KXDR - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvdan oldin KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi Sin Yong Nam va futbolchi Han Kvang Song matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

 

"Biz ertangi o‘yinda muvaffaqiyat qozonishimiz uchun qo‘limizdan kelgan barcha imkoniyatni ishga solamiz. Buning uchun etarlicha tayyorgarlik ko‘rdik. 

Uchrashuv bilan bog‘liq barcha tayyorgarlikni puxta bajardik. Uchrashuv davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarga moslashish juda muhim. Shuningdek, raqibimizga alohida strategiyamiz mavjud va buni ustida ishladik. Futbolchilarimiz o‘yinga to‘liq tayyor. Ijobiy natijaga erishish uchun barcha imkoniyatni ishga solamiz", - dedi koreyaliklar ustozi. 

"O‘zbekistonni chuqur o‘rgandik. Ularga qarshi qanday o‘ynash kerakligini aniqlab oldik. Shu sababli ertangi bahsda yaxshi natijaga erishamiz deb o‘ylayman. 

O‘zbekistonga qarshi birinichi o‘yinda kutilgan natijaga erisha olmadik. Ushbu muvaffaqiyatsizlikning sabablarini tahlil qilib, bu o‘yinga chuqur tayyorgarlik ko‘rdik. Eronga qarshi bellashuvdagi xatolarimizni O‘zbekistonga qarshi takrorlamaslikka harakat qilamiz", dedi Han Kvang Song.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Qaxramonjon
19/11/2024 00:59
Мана очик фикр ва мантик билан киска лунда жавоб