
Kvaratsxeliyaning otasi: "Xvichaning "Napoli"da qolishini istamayman"
Kvaratsxeliyaning otasi: "Men Xvichaning "Napoli"da qolishini istamayman", - dedi "Sport Imedi" nashriga.
"U 1 yil davomida 4 xil murabbiy bilan ishladi, bu meni juda xavotirga solmoqda. Kvara o‘zi qaror qiladi, garchi menga yoqmasa-da. Xvicha bilan bu mavzuda gaplashmadim, "Evro-2024" yakunlamagungacha uni bezovta qilmoqchi emasman".
23 yoshli futbolchining agenti ham mijozi neapolliklarni tark etmoqchiligi haqida ma’lum qilgan edi. "Napoli" prezidenti De Laurentis esa gruziyalik futbolchini yana kamida 1 mavsum jamoada saqlab qolmoqchi. Buning uchun maoshini oshirishga va 2025 yildan jamoadan ketish bandini qo‘shishga tayyor.
Xvicha joriy mavsumda 45 o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol kiritgan va 7 marotaba o‘z hisobiga assist yozib qo‘ygan.
Fikrlar