Kvaratsxeliya: "Ingliz futbolini yaxshi tushunib qoldik"

  • 28 aprel, 17:59
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, Chempionlar Ligasi yarim final bosiqichining birinchi bahsi doirasida Londonning "Arsenal" klubi o‘z uyida PSJni qabul qiladi. Parijliklar hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya bellashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ertangi bahs katta ahamiyatga ega ekanligini aytib o‘tdi.

- Menimcha, bu eng asosiy futbol turniri. Unda qatnashish har bir futbolchining orzusi. Hammamiz chempionlikni qo‘lga kiritmoqchimiz, biroq bu nihoyatda qiyin. Mazkur bosqichga etib kelish ham har qanday jamoa uchun katta mehnat talab qiladi. Turnir nomining o‘zi hammasini aytib turibdi - Chempionlar Ligasi./

Bu musobaqa chempionlar uchun va har bir klubda uni yutib olish uchun zarur mahorat bor. Biz esa faqat o‘z o‘yinimizga diqqat qaratishimiz, har bir bellashuv va lahzada to‘liq kontsentratsiyada bo‘lishimiz kerak.

"Liverpul" va "Aston Villa"ga qarshi bahslardan so‘ng, ingliz futbolini yaxshiroq tushunib qoldik. Ular bilan raqobat qilish oson bo‘lmadi. Biroq, biz bor kuchimizni berdik. O‘ylaymanki, bu tajriba "Arsenal"ga qarshi o‘yinlarda ham bizga foyda beradi, — dedi vinger.

Ma’lumot uchun, PSJ chorak finaldagi "Aston Villa" ustidan qozonilgan umumiy 4:5 hisobidagi g‘alaba bilan yarim final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!