
Kutilmagan yangilik: Messi “Barselona”ga qaytadigan bo‘lyapti
“Barselona”ning eng mashhur tarbiyalanuvchisi Lionel Messi yana Kataloniyaga qaytish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ayni paytda “Inter Mayami” sharafini himoya qilayotgan argentinalik futbolchi 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etmoqchi.
Gol Digital nashrining ma’lum qilishicha, Messi 2026 yilning boshida “Barselona” bilan erkin agent sifatida qisqa muddatli shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu orqali Leo jahon chempionatiga yaxshiroq tayyorgarlikka ega bo‘lishni maqsad qilgan.
Lionel Messining “Inter Mayami” bilan shartnomasi 2025 yilning oxirigacha imzolangan. U shartnomani to‘liq o‘taganidan keyin “Barselona”ga qaytish rejasini amalga oshirishi mumkin.
Fikrlar