Kutilmagan yangilik: Habib Nurmagomedov UFCga qaytadi!

  • 17 yanvar, 2021, 12:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC Deyna Uayt Habib Nurmagomedov bilan uchrashuv tafsilotlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, rossiyalik jangchi yana sportga qaytmoqchi.

Tecno

UFC turnirlarining engilmas jangchisi Habib Nurmagomedov 29-g‘alabadan so‘ng, onasi talabiga ko‘ra, aralash jang san’atlari bellashuvlarida ishtirok etmasligini bildirgan edi. Ayni kuchga to‘lgan sportchining shu tariqa professional sportni tark etishini hech kim kutmagandi.

UFC Deyna Uayt yaqinda Habib unga nimalar deganini omma e’tiboriga oshkor qildi.

- Habib shunday dedi: “Aleks Oliveyra Toni Fergiyuson bilan zo‘r jang qildi. Keyingi shanba biz yana ikkita qizg‘in to‘qnashuvni ko‘ramiz: Konor MakGragor – Dastin Pore va Maykl Chendler-Den Xuker. Men bo‘lajak janglarni kuzataman va bu yigitlar nimalarga qodirligini ko‘rsatishini kutaman. Menga haqiqiy jangni ko‘rsating va men bitta to‘qnashuv uchun oktagonga qaytaman”, - deb xabar berdi Uayt.  

Bundan tashqari, UFC rahbari Habib MMAda o‘zi orzu qilgan barcha cho‘qqilarni zabt etib bo‘lgani uchun janglarda qatnashishga ishtiyoq qolmaganini ham aytganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov 2018 yilning aprelida UFC chempionligini qo‘lga kiritgach, unvonini uch marta – Konor MakGregor, Dastin Pore va Jastin Getjiga qarshi uchrashuvlarda muvaffaqiyatli himoya qildi. So‘nggi jangini 2020 yilning 24 oktyabrida o‘tkazgan Habib, Getji ustidan g‘alaba qozonishi bilan, oktagonda turib, faoliyatini yakunlaganini e’lon qilandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!