
Kutilmagan xabar: Neymar endi o‘ynamaydi!
“Al-Hilol” jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush jamoaning 32 yoshli mashhur futbolchisi Neymarni Saudiya Arabistoni chempionatining ikkinchi qismi uchun ro‘yxatdan o‘tkazmasligini ma’lum qildi.
Portugaliyalik mutaxassis o‘z qarorini Neymarning o‘yinida pasayish yuz bergani bilan izohladi.
- Neymar chempionat qaydnomasiga kiritilmaydi. U faqat Osiyo Chempionlar ligasida to‘p tepishi mumkin. Saudiya Arabistoni chempionati dunyoda eng kuchli ligalardan. “Al-Hilol”ning har qanday o‘yinchisi Evropaning istalgan klubida o‘ynashga qodir. Neymar endi biz ko‘rishga ko‘nikib qolgan darajani ko‘rsata olmaydi. Afsuski, vaziyat u uchun juda og‘ir holatga keldi, - dedi Jorju Jezush.
Neymar 2023 yilning oktyabrida tizzasidan og‘ir jarohat olib, bir yil davomida salomatligini tikladi. Biroq o‘tgan yilning kuzida maydonga qaytganidan keyin ikkita uchrashuvda atigi 42 daqiqa o‘ynadi xolos. Chempionlar ligasi doirasida “Istiqlol” bilan bo‘lgan o‘yinda yana shikastlandi va o‘shandan beri maydonda ko‘rinish bergani yo‘q.
Fikrlar