
Kutilmagan xabar! “Bavariya” bosh murabbiyi chempion jamoadan voz kechdi
“Bavariya”ni o‘tgan mavsumda barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan tajribali murabbiy Xans-Diter Flik Bundesliganing “Volfsburg” (3:2) bilan bo‘lgan bahsidan keyin klubni tark etishi haqidagi qarorini omma e’tiboriga havola qildi.
- Bugun men jamoaga mavsum oxirida klub bilan shartnomani bekor qilishimni aytdim. Yozda klubdan ketishim aniq fakt. Men uchun eng muhimi, shogirdlarim buni o‘zimdan eshitishi edi. Koub rahbarlariga Evropa Chempionlar ligasini tark etishimiz bilan ketmoqchi ekanimni aytdim, - dedi Flik.
Bu mutaxassis myunxenliklarni 2019 yilning noyabridan beri boshqarib kelayotgan edi. Xansi Flik yozda bo‘ladigan Evropa chempionatidan keyin iste’foga chiqadigan Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Ioaxim Lyov o‘rnini egallashi kutilmoqda.
"Bavariya" Bundesligada 29-turdan so‘ng, 68 ochko jamg‘argan holda yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Myunxenliklar bu yil ham chempionlikka juda yaqin.
Fikrlar