Kutilmagan transfer: “Real” “kalla qo‘ygan” yulduzni sotib oladi!

  • 22 mart, 2023, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” asosiy to‘purar Karim Benzema o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan tajribali hujumchi tanlashda davom etadi.

Tecno

Mail Sport nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” bu borada kutilmagan variant ustida ish boshlamoqchi. Madridliklar qimmatbaho hujumchi Romelu Lukakuni xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Belgiyalik forvard “Chelsi”da o‘ynab keta olmaganidan keyin “Inter”ga ijaraga berilgandi. Milanliklar ham bu mavsum baquvvat hujumchining harakatlaridan qoniqish hosil qilgani yo‘q va uni sotib olish fikridan qaytdi.

O‘z navbatida, Lukaku “Chelsi”ga ham kerak emas. “Real” hech qaysi jamoaga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchini arzonroq narxga transfer qilib, o‘zini ko‘rsatishi uchun imkon berishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!