Kutilmagan muammo: Bellingem “Real”ni xavotirga solib qo‘ydi

  • 7 noyabr, 2024, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2023 yilning yozida “Borussiya Dortmund”dan “Real”ga ko‘chib o‘tgan Jud Bellingem Madrid klubidagi debyut mavsumidayoq jamoaning haqiqiy etakchisiga aylanib qolgandi.

Tecno

Biroq yangi mavsumda angliyalik futbolchining o‘yinida pasayish davom etmoqda. hozircha, 12 ta uchrashuvda qatnashgan Bellingem hali gol urib, o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.

Jamoaga Kilian Mbappe qo‘shilgani tufayli Bellingemning maydondagi pozitsiyasi va vazifalari o‘zgardi. Aynan mana shu holat uning o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Relevo nashrining yozishicha, o‘zi uchun noqulay pozitsiyada o‘ynayotgan Bellingemning ahvoli “Real” mutasaddilarini xavotirga solib qo‘ygan.

Ularning aksariyati bosh murabbiy Karlo Anchelotti Jud Bellingemni turli yangi pozitsiyalarda sinab ko‘rayotganiga e’tiroz bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!