
Kutilganidek, "Yuventus" "Jenoa" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
"Yuventus" jamoasi "Jenoa" yarim himoyachisi Nikolo Rovella bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, turinliklar yosh futbolchi uchun 10 mln evrodan voz kechgan. Nikolo genuyaliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 19 yoshli futbolchi bu mavsum A Seriyada 9 o‘yin o‘tkazgan.
Avvalroq, "keksa senora" "Jenoa"ning boshqa futbolchisi Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar