Kurtua uzr so‘radi

  • 3 dekabr, 2022, 12:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgiya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua jamoasining Qatardagi jahon chempionatida ko‘rsatgan o‘yini va uchralgan muvaffaqiyatsizlik uchun muxlislardan uzr so‘radi.

Tecno

“Doim biz bilan birga bo‘lgan barcha muxlislarga achinamiz. Biz faqat qo‘limizdan kelganini qilishga va yana urinib ko‘rishga va’da berishimiz mumkin. Bizni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat”, — deb yozdi belgiyalik posbon o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Belgiya terma jamoasi kecha Xorvatiya terma jamoasi bilan nursiz durangdan so‘ng jahon chempionatini sensatsion tarzda tark etgandi.

Bungacha “qizil iblislar” “F” guruhida Kanadani mag‘lub etgan (1:0), Marokashga (0:2) imkoniyatni boy bergandi.

Aytish kerakki, Belgiya terma jamoasi 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida bronza medali sohibiga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!