Kurtua eng yomon o‘yinini "Real"da, eng yaxshisini esa Belgiya terma jamoasida ko‘rsatadi

  • 3 oktabr, 2019, 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid darvozaboni Tibo Kurtua "qirollik klubi"da juda yomon natijalarni qayd etmoqda.

Tecno

Aniqrog‘i, belgiyalik posbon shu kungacha madridliklar safida jami 43 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 59 ta gol o‘tkazib yubordi, yana 12 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. U har bir uchrashuvda o‘rtacha 1,34 ta gol o‘tkazib yubormoqda.

Ta’kidlash kerakki, Kurtua bungacha o‘zi o‘ynagan jamoalar - "Atletiko" (0,81) va "Chelsi"da (0,98) u qadar yomon natijalar qayd etmagan edi.

Uning bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatgichi Belgiya terma jamoasida hisoblanadi. U terma jamoasida 76 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 50 ta gol o‘tkazib yuborgan. Bu esa har bir o‘yinga o‘rtacha 0,65 tadan gol deganidir.

Ma’lumot uchun, "Real"ning avvalgi darvozaboni Keylor Navas bir uchrashuvda o‘rtacha 0,98 ta gol o‘tkazib yuborar edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!