Kurtua: "Biz o‘z kuchimizga ishonishimiz kerak"
Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua so‘nggi uchrashuvlar natijalari haqida fikr bildirdi.
"Biz tushunishimiz kerakki, agar 100 foiz kuchimizni berib o‘ynamasak, ochkolarni yo‘qotishimiz mumkin. Biz gapirishni to‘xtatib, amal bilan isbotlay boshlashimiz kerak. Jamoa yaxshiroq o‘ynay oladi. Biz ishlashimiz va o‘z kuchimizga ishonishimiz kerak", — dedi Kurtua.
Ma’lumot uchun, so‘nggi uchrashuvda Xabi Alonso shogirdlari safarda "Atletik Bilbao"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ayni paytda "qaymoqranglilar" peshqadam "Barselona"dan faqat bir ochko orqada qolmoqda.



Fikrlar